Sportni rivojlantirish uchun Quvasoy shahriga 1 yarim mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi

57

Quvasoy shahridagi kichik sanoat zonasida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev va yoshlar ishtirokida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan mehnat yarmarkasi, yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi ham o’rin oldi.

Yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Qahramoni Ulug‘bek Umarov, barcha sektor rahbarlari hamda 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va muammolari tinglandi hamda bu bo‘yicha  tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Viloyat rahbari Quvasoy shahrida sport sohasini yana-da rivojlantirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida viloyat hokimligi hisobidan 1.5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’kidlab o‘tdi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here