Harbiylar – Vatanning faxri va g‘ururi

52

Sharqiy harbiy okrugining Farg‘ona dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tgan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostidagi harbiy-vatanparvarlik festivalida 20 mingdan ortiq yoshlar, harbiylar, ularning oila-a’zolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Festivalda aholi, ayniqsa, harbiy parad, yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta’minot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari namoyish etildi.

Zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan yoshlar yaqindan tanishdi. Festival davomida yoshlar Vatan himoyachilari bilan dildan suhbat qurdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Yoshlarga tank va raketa pultlari kabi bir qator texnik vositalar bilan mashq qilish imkoniyati ham berildi. Shuningdek, festivalda havo desanti askarlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalar bajaruvchi safarbarlik guruhi shartli ravishda qo‘poruvchilarni qo‘lga olish va yo‘q qilish mashqlarini namoyish etdilar.

– Yoshlarimizning harbiy bo‘lishga, xususan, armiya safida xizmat qilishga ishtiyoqi kuchli, — deydi kichik serjant Ramazon Mamadiev. — Bugungi festivalda ularga jangovar texnikalar haqida ma’lumotlar berdik. Ko‘rgazmali chiqishlar ham ularning qalbida faxr va iftixor uyg‘ota olganiga ishonamiz.

Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari, san’atkorlarning bayram tabriklari, konsert dasturlari tadbirga alohida fayz kiritdi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here