Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

65

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni Uchko‘prik tumanida ham keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan barcha ta’lim maskanlarida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, sport va kitobxonlik musobaqalari o‘tkazildi.

Asosiy bayram tadbiri tuman markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Unda 4 mingdan ortiq uchko‘priklik yoshlar, mudofaa hamda ichki ishlar bo‘limlari, prokuratura xodimlari, harbiylar, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Uchko‘prik tumani hokimi A. Mahmudaliyev barchani bayram bilan muborakbod etib, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, chegaralarimiz daxlsizligini saqlash, fuqarolarimizning tinch va osuda hayotini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida gapirdi.

Tantanali marosimda Vatan, tinchlik, mardlik va jasoratni tarannum etuvchi konsert dasturi namoyish etildi.

Aholi, ayniqsa, yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari namoyish etildi.

Mazkur harbiy-vatanparvarlik festivali minglab yoshlarga faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etdi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here