Farg’ona faollari yana bir yerga jamlanishdi

108

Joriy yilning 13-yanvar kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o’rinbosari “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Dilnoza Kattaxonova va Respublika Ittifoq sardori Boymurod Yunusov O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashining majlislar zalida Farg’ona yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yangi tashkil etilayotgan agentlikning faoliyat yo’nalishlari va vazifalari, farg’onalik yoshlarning taklif va muammolarni o’rganildi.

Uchrashuvda Farg’ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti talabasi Shoxrux O’ktamov Yoshlar ishlari bo’yicha agentlikni tashkil etish hamda vakolatini kengaytirish bo’yicha 3 ta taklifni ilgari surdi.

Bular, birinchisi, bugungi kunda mamlakatning qariyb 65 % ini yoshlar tashkil etib turgan bir paytda ishlab chiqilayotgan qonun va qonun osti hujjatlarning barchasida yoshlarning manfaatlari ifodalanadi. Ammo qonunlarni ishlab chiqish jarayonida bevosita yoshlarni o’rni va roli deyarli sezilmaydi. Shuning uchun Yoshlar ishlari agentligi uchun qonunchilik tashabbusi vakolatini olib berish lozim. Ya’ni Konstitutsiyaviy huquq berilishi kerak. Shu orqali parlamentda uchinchi palata sifatida Yoshlar ishlari bo’yicha agentlikni o’zining deputatlari bo’ladi va bevosita qonun loyihalarini ishlab chiqishda tashabbus ko’rsatadi.


Ikkinchi taklif bo’yicha, davlatimiz rahbarining ma’ruzasida ham migratsiya masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda hech qaysi tashkilot yoshlar uchun bandlik kafolatini berolmaydi. Agar Yoshlar ishlari agentlik yoshlar bandligi bo’yicha kafolat berolsa, yoshlarni jamlashda yaxshi natija ko’rsatadi.


Uchinchi taklif, biz odatlanib qolganmizki, qaysi tashkilotni vakolati yoki strukturasida turli bir davrda o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Shuning uchun Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yilda ko’rilishi ko’zda tutilgan qonun loyihalari bo’yicha rejasidan kelib chiqqan holatda Yoshlar ishlari agentlik o’zining vakolat doirasini kengaytirib olishi kerak. Chunki yil yarmiga kelib yoshlarga doir qonun chiqsa shunga qarab yana faoliyatini o’zgartirish yarashmaydi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here