“Yoshlarga mening murojaatim” tanloviga “start” berildi

848

Farg’onalik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat: yoshlarda vatanga nisbatan faxr tuygʻusini shakllantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish, shuningdek, yoshlarimiz oʻrtasida xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom, erkin obod va farovon hayot qurish yoʻlidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligini keng targʻib qilish maqsadida “Yoshlarga mening murojaatim” tanloviga “start” berildi.

Tanlov qanday talablar qo’yilgan?

  • Ishtirokchi yoshlar 5 ta muhim tashabbus atrofida birlashish haqida murojaatnoma tayyorlaydi hamda o’zining ijtimoiy loyihasini taqdim qiladi;
  • Murojaatnoma turli ko’rinishlarda, jumladan, maqola, videorolik, audio va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin;
  • Yoshlar murojaatnomasida 5 ta muhim tashabbus doirasida yangi innovatsion gʻoyalar, tashabbuslar hamda amaldagi harakatlari aks etganligi;
  • Murojaatnomaning oʻziga xosligi, bir-birini takrorlamasligi, ilgari surilgan yangi gʻoyaga alohida eʼtibor berilganligi;
  • Murojaatnomada keltirilgan fikrlarda “Fargʻonada: yangi marralar, yangicha fikrlash, yangicha yondashuv” shiorining qamrab olganligi;
  • Murojaatnomada yoshlarni ezgulikka chorlovchi, ular oʻrtasidagi turli salbiy illatlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan Fargʻona viloyati yoshlarining orginal shiori boʻlishi;
  • Tanlangan shior avval ishlatilmagan boʻlishi va murojaatnoma matni shiorning maqsad va vazifalarini qamrab olgan boʻlishi;
  • Ishtirokchi tomonidan tayyorlangan murojaatnoma ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniye, radio va hokazo)da e’lon qilingan, aholi gamjum joylarga ilingan boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tanlovga Farg’ona viloyatida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar oʻzlari tomonidan tayyorlangan murojotnomani Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) Kengashiga 2019-yil 20-avgust sanasiga qadar asl nusxasi, OAVda eʼlon qilingan holati hamda aholi gavjum joylarga ilinganligini isbotlovchi suratlari bilan birga taqdim etishlari shart.

Gʻoliblarni taqdirlash

Viloyat komissiyasi tomonidan eng yaxshi deb topilgan murojaatnoma mualliflarining 5 nafari Fargʻona shahrida yangi ochilayotgan Janubiy Koreya Respublikasining Xalqaro Sejeong universiteti filialida bepul oʻqib taʼlim olish uchun imtiyozli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida 25-avgust kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati, Fargʻona viloyati yoshlari hayoti va faoliyatini yorituvchi  www.yoshlar24.uz sayti, saytning hamda viloyat Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi facebook.com/yoshlar24, instagram.com/ferganayoshlar24 hamda twitter.com/yoshlar24 maxsus sahifalari orqali eʼlon qilinadi.

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Please enter your comment!
Please enter your name here